1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozogʻiston aviakompaniyalariga Eron ustidan parvoz qilish taqiqlandi

Cheklov muddati hozircha belgilanmagan va keyingi xabarnomaga qadar amal qiladi.

Qozogʻiston aviakompaniyalariga Eron ustidan parvoz qilish taqiqlandi

 

Qozogʻiston Fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasi va Aviatsiya maʼmuriyati (AAK) Qozogʻiston aviakompaniyalariga Eron havo hududi ustidan, shuningdek uning ichida va yaqinida parvozlarni vaqtinchalik taqiqladi. Ushbu qaror mintaqada havo xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotgani sababli qabul qilingan. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, choralar profilaktika xarakteriga ega bo‘lib, yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan. Hozirda barcha Qozogʻiston aviakompaniyalari reyslarini potentsial xavfli hududdan chetga yo‘naltirmoqda.

 

“Vaziyat Qozogʻiston Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan doimiy kuzatilmoqda. Xavf darajasi o‘zgarishi bilan keyingi qarorlar qabul qilinadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Cheklovlarning muddati hozircha belgilanmagan; taqiq keyingi xabarnomaga qadar amal qiladi. Shu bilan birga, vaziyat nazorat ostida bo‘lib, xavfsizlik tahdidlarining o‘zgarishi bilan qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

 

Avvalroq, Eron rasmiylari AQSh tomonidan 24 soat ichida havo hujumi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandan so‘ng, mamlakat havo maydonini yopgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика