1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Qozog‘iston bug‘doy eksportini cheklaydi

Bu taqiq 15-iyungacha joriy etiladi.

Qozog‘iston bug‘doy eksportini cheklaydi

 

Qozog‘iston mamlakatdan don va un olib chiqishni cheklamoqchi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Erbol Karashukeyev maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, cheklov ikki hafta ichida joriy etiladi va 15-iyunga qadar amalda bo‘ladi. Shu bilan birga eksportyorlarga 1 million tonnagacha bug‘doy eksportiga ruxsat beriladi. Ammo ular buning evaziga ushbu miqdorning 10 foizini ichki bozorga arzonlashtirilgan narxda sotishlari kerak.

 

Qozog‘iston g‘alla eksporti bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlaridan biri. Bu mamlakat har yili 7-9 million tonna don sotadi.

 

Avvalroq Ukraina Rossiyani Misrni bug‘doysiz qoldirishda ayblab chiqqandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика