1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot Bitcoin ETF’ni ishga tushirdi

Astana birjasida savdosi boshlangan Fonte Bitcoin ETF investorlarga tartibga solingan va xavfsiz kripto-investitsiya imkonini beradi.

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot Bitcoin ETF’ni ishga tushirdi

Qozog‘iston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyodagi ilk spot Bitcoin ETF — Fonte Bitcoin Exchange Traded Fund OEIC PLC (BETF) savdosi boshlandi. Uni Fonte Capital Ltd boshqaradi va har bir aksiyasi jismonan bitkoin bilan ta’minlangan.

 

AIX (Astana International Exchange) ma’lumotiga ko‘ra, aktivlar AQShning BitGo Trust kastodiani tomonidan sovuq oflayn saqlash tizimida himoyalanadi va 250 million dollargacha sug‘urtalangan.

 

AIX vakillari bu qadamni Qozog‘iston kapital bozorida yangi sahifa ochishi va mamlakatni tartibga solingan raqamli moliya markaziga aylantirishdagi muhim bosqich sifatida baholadi.

 

Jamg‘arma Ostona xalqaro moliyaviy markazi (AIFC) tomonidan boshqariladi. AIFC allaqachon raqamli aktivlar uchun huquqiy bazani yaratib, litsenziyalangan birjalar, kastodianlar va investitsiya mahsulotlariga ruxsat bergan.

 

Fonte Capital BETF’ni “yuqori darajadagi nazorat va ishonchlilikni saqlagan holda portfelga bitkoin qo‘shishning qulay usuli” sifatida ta’rifladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика