1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Qozog‘iston “Mir” kartalari orqali pul operatsiyalariga ruxsat oldi

AQSH moliya vazirligi bu bo‘yicha tegishli so‘rov olgan.

Qozog‘iston “Mir” kartalari orqali pul operatsiyalariga ruxsat oldi

 

Qozog‘iston banklariga Rossiyaning “Mir” kartalari orqali to‘lovlar va o‘tkazmalarni qabul qilishga ruxsat berildi

 

"AQSH Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi Rossiyadan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan fuqarolarning “Mir” karta tizimidan foydalanishiga qarshilik qilmaydi", — deb yozilgan idoradan kelgan maktubda.

 

Ammo Rossiyaga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barcha pul operatsiyalari nazorat qilinadi.

 

Qozog‘iston banklari “Mir” tizimiga ulanish haqida mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning ikkilamchi sanksiyalari xavfi fonida qator davlatlarda Rossiyaning “Mir” kartalaridan foydalanish to‘xtatilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика