Qozog‘iston hukumati neft mahsulotlarini Qozog‘iston hududidan olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etadi.
«Yoqilg‘i, benzin, dizel yoqilg‘isi va neft mahsulotlarining ayrim turlarini Qozog‘iston Respublikasi hududidan avtomobil transportida olib chiqishni olti oy muddatga taqiqlash joriy etiladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan taqdim etilgan avtotransport vositasi benzin baklarida, shuningdek, umumiy hajmi 20 litrdan oshmaydigan alohida idishlarda olib chiqish hollari bundan mustasno», — deyiladi hujjatda.


