Oʻzbekistonning Gʻalaba stansiyasi orqali Afgʻonistonga don va un yetkazib berish qimmatga tushishi sababli Qozogʻiston yoʻnalishni Turkmaniston orqali Turgʻundi chorrahasidan oʻtuvchi yoʻlga almashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda "KazTAG" nashri Qozogʻiston Savdo va integratsiya vazirligiga tayanib.
“Bugungi kunda Gʻalaba bekati orqali Afgʻonistonga don va unni Oʻzbekiston hududi orqali olib oʻtishda temir yoʻl tarifiga 20 foizlik chegirma amal qiladi. Shu bilan birga, joriy chegirma hisobga olinsa, Qozog‘iston don yuklarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘oniston va Tojikiston yo‘nalishi bo‘yicha tashish tariflari ancha yuqori”, — deyiladi xabarda.
Xabarda keltirilishicha, Afgʻonistonga eksport hajmini oshirish uchun “Kazakhstan temir yoʻli” AJ Turkmaniston hududi orqali Turkmaniston-Afgʻon Turgʻundi oʻtish joyi orqali tranzit tarifiga 10 foiz miqdorida qoʻshimcha chegirmalar berish masalasini ishlab chiqqan.
Avvalroq Qozog‘iston O‘zbekistondan Afg‘onistonga yuk tashish uchun imtiyoz berishni so‘ragani haqida xabar berilgandi.


