1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozogʻiston qoʻshni davlatlarni internet bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda, ro'yxatda O'zbekiston yo'q

2026-yilda internet-trafikni Tojikistonga, keyinchalik Qirgʻiziston va Moʻgʻulistonga uzatish rejalashtirilgan.

Qozogʻiston qoʻshni davlatlarni internet bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda, ro'yxatda O'zbekiston yo'q

 

Qozogʻiston qoʻshni davlatlarni sunʼiy yoʻldosh interneti orqali ulash rejasini eʼlon qildi. Mamlakat ichida joylashtirilgan Starlink sunʼiy yoʻldosh infratuzilmasidan foydalanib, mintaqaviy internet ulanishini kengaytirish koʻzda tutilmoqda. Bu haqda Vlast.kz nashri xabar berdi.

 

Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyevning maʼlum qilishicha, 2026-yil davomida internet-trafikni Tojikistonga uzatish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda ushbu imkoniyat Moʻgʻuliston va Qirgʻizistonga ham taqdim etilishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, Starlink tizimi Qozogʻiston hududida qurilgan shlyuz stansiyalari orqali qoʻshni davlatlar uchun internetga ulanish imkonini yaratadi. Bu esa mamlakatning mintaqaviy raqamli markaz sifatidagi rolini kuchaytirishi kutilmoqda.

 

Shu bilan birga, mamlakat ichki raqamli infratuzilmasini kengaytirish ishlari ham davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 1900 ta qishloq optik tolali internet bilan taʼminlanadi. Kelgusi yilda bu koʻrsatkich qishloq hududlarining 90 foizidan oshishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, barcha milliy avtomobil yoʻllari optik tolali aloqa bilan qamrab olinadi. Internet xizmatlari temir yoʻl yoʻlovchi yoʻnalishlari hamda mahalliy aviakompaniyalar reyslarida ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2027-yilga borib 20 ta yirik shaharda 5G tarmogʻi qamrovi 60–75 foizgacha yetkaziladi. Shu davrga kelib, mamlakat boʻylab internet qamrovi 100 foizga yaqinlashishi, tezlik esa soniyasiga 100 megabitdan oshishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика