Qozog‘istondan shakar mahsulotlari olib chiqish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri buyrug‘i eʼlon qilindi.
Taqiq o‘n kundan keyin kuchga kiradi. Ushbu tartib 6 oyga joriy etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaldagi qonunchilik tartibida bu qaror to‘g‘risida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga xabar berish topshirilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda isteʼmol qilinadigan shakarning 58 foizi import qilinadi. Avgust oxiriga qadar YEOIIga kirmaydigan davlatlar mamlakatga hech qanday bojsiz 250 ming tonna shakar olib kirishi mumkin.
Avvalroq Qozog‘iston vaqtinchalik g‘alla va un eksportini cheklab qo‘ygandi.


