Murat Nurtleu Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti farmonida so‘z boradi.
Nurtleu shu kunga qadar Qozog‘iston Respublikasi prezidenti administratsiyasini boshqarib kelayotgandi. Faoliyati davomida u bir necha mamlakatda elchi bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘tgan yili Respublika milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Shu kungacha TIVni boshqarib kelgan Muxtor Tlauberdining qaysi lavozimga o‘tgani maʼlum emas.


