Qozog‘iston hukumati yangi investitsion siyosat konsepsiyasini qabul qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
“Davlat investitsion siyosati sifatli xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilishga, iqtisodiy faollikning oshishiga va doimiy ish o‘rinlari yaratilishi orqali aholi daromadlari oshirilishiga yo‘naltiriladi”, – degan Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov.
Hukumat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ushbu hujjat mamlakatga kirib kelayotgan sarmoyalarining ko‘payishiga yordam beradi.
Bundan oldin 2021 yil yakunlarida Qozog‘istonda kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar miqdori 24 milliard dollarni tashkil etgani maʼlum qilingandi.
Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev yangi Qozog‘iston mazmuniga izoh bergandi.


