1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga onlayn platformalarda foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun 29-dekabrgacha ochiq qoladi.

Qozog‘istonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga onlayn platformalarda foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qozog‘iston onlayn platformalar, media xizmatlari va raqamli servislar faoliyatiga ta’sir qiladigan yangi qonun loyihasini ommaga taqdim qildi. Madaniyat va axborot vazirligi ishlab chiqqan hujjatga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va aksariyat onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Bu cheklovdan faqat tezkor xabar almashish xizmatlari — messenjerlar — mustasno bo‘ladi.

 

Loyihada onlayn platformalar Qozog‘istonda rasmiy vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishi shartligi belgilangan. Shuningdek, audiovizual xizmatlar faoliyatini tartibga solish, noqonuniy kontent joylashtirish uchun javobgarlikni kuchaytirish, onlayn kinoteatrlar faoliyatini me’yorlashtirish ko‘zda tutilgan. Rasmiy idoralar bilan OAV o‘rtasidagi munosabatlar ham tartibga solinib, davlat organlarining rasmiy javoblari alohida belgilanishi talab qilinmoqda.

 

Qonun loyihasi foydalanuvchilar majburiyatlarini ham kengaytiradi. Ta’limiy kontent yaratadigan mualliflar o‘z malakasini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi, sehrgarlik yoki okkult mavzudagi materiallarga esa ilmiy asosga ega emasligi haqida ogohlantirish qo‘yilishi shart. Shuningdek, 5 mingdan ortiq kuzatuvchiga ega anonim akkauntlar identifikatsiya ma’lumotlarini taqdim etishi talab qilinadi.

 

Ma’muriy kodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlar noqonuniy kontent tarqatish, boshqalarning tasviridan ruxsatsiz foydalanish va onlayn platformalarda so‘kinish uchun jarimalar joriy etadi. Vazirlikka ko‘ra, ushbu yangiliklar raqamli xavfsizlikni mustahkamlash va zararli kontentni kamaytirish uchun qo‘shimcha huquqiy mexanizmlar yaratadi. Qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun 29-dekabrgacha ochiq qoladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика