Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Atirau viloyatidagi tergov hibsxonasidan xatolik sabab boshqa mahkum ozod qilingan.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, ayrim ommaviy axborot vositalarida voqea haqida tarqalgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topgan. Hodisaga mahkumlar familiyalarining mos kelishi sababli yuz bergan chalkashlik sabab bo‘lgan.
Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, xodim tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato tufayli mahkumni muddatidan oldin ozod qilish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik o‘z vaqtida aniqlanib, to‘xtatilgan va mahkum axloq tuzatish muassasasiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, xizmat tergovi olib borilmoqda. Qo‘mita barcha aybdor mansabdor shaxslar qat’iy javobgarlikka tortilishini bildirdi.


