Ostonada “Kaspi bank” binosida qurollangan shaxs tomonidan garovga olinganlarning barchasi ozod qilindi. Harbiy operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Maxsus kuchlar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan binoga bostirib kirishgan va bosqinchi zararsizlantirilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ozod etilganlar shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan, garovga olinganlar va asir olinganlardan hech biri jabrlanmagan.
Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Marat Axmetjanov hujumchi bilan muzokaralar olib borgan.
Xabar qilinishicha, hujumchi Qozog‘istonning Jambil viloyatida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro bo‘lib, u 2013 yildan beri giyohvandlar ro‘yxatida turadi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


