1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda birinchi sinf o‘quvchilariga planshet tarqatiladi

Ushbu amaliyotdan ko‘zlangan maqsad ochiqlandi.

Qozog‘istonda birinchi sinf o‘quvchilariga planshet tarqatiladi

 

Qozog‘istonda yangi o‘quv yilidan boshlab 1-sinf o‘quvchilari planshet bilan taʼminlanishi mumkin. bu haqda hukumat majlisida raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin maʼlum qildi.

 

“Og‘ir ryukzaklar bilan bog‘liq muammoni hal qilish, shuningdek, maktablarda raqamlashtirish darajasini oshirish uchun planshetlardan foydalanish taklif qilinadi. Ulardan raqamli darslik sifatida, bundan tashqari, uydan onlayn taʼlim resurslariga kirishda foydalaniladi”, – degan vazir.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayon rivojlangan davlatlarda amaliyotga tatbiq qilingan. Musin 2023 yilda 400 ming birinchi sinf o‘quvchilariga planshet tarqatilishini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика