1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda chaqaloqlar savdosi bilan shug'ullanuvchi yirik jinoiy guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar 18 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Qozog‘istonda chaqaloqlar savdosi bilan shug'ullanuvchi yirik jinoiy guruh fosh etildi

 

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Olmaota shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni noqonuniy savdo qilishda gumon qilingan uyushgan jinoyatchilik guruhi aniqlanib, faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur sxema tashkilotchilari yosh ayollarning og‘ir ijtimoiy ahvolidan foydalanib, ularni farzandlarini uchinchi shaxslarga pul evaziga topshirishga undagan. Huquqni muhofaza qilish organlari guruhning barcha a’zolarini hibsga olgan.

 

Tergov jarayonida 20 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va mol-mulkini musodara qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

Shuningdek, Abay viloyatida majburiy mehnat bilan shug‘ullangan guruh faoliyati bo‘yicha ham tergov olib borilmoqda. Ushbu holat yuzasidan 11 ta jinoiy ish ochilgan. Chimkent, Aqto‘be, Jambil, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda va Qo‘stanay viloyatlaridagi tungi klublarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida voyaga yetmaganlarni ham o‘z ichiga olgan ekspluatatsiya holatlari aniqlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика