1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda folbinlik daromadli sohaga aylandi

Ax0Qozog‘iston aholisi 2024-yilda folbinlar, ekstrasenslar va astrologlar xizmatlariga 3 milliard tenge (5,7 mln dollar) sarflagan.

Qozog‘istonda folbinlik daromadli sohaga aylandi

Qozog‘istonda fuqarolarning folbinlar, ekstrasenslar va astrologlarga bo‘lgan qiziqishi rekord darajada oshdi. Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi huzuridagi Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda ushbu xizmatlar uchun deyarli 3 milliard tenge (taxminan 5,7 million AQSh dollari) sarflangan. Bu esa 2023-yildagiga nisbatan 75 barobar ko‘p degani.

 

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar:

 

Olmaota shahri – 1,3 milliard tenge (qariyb 45 foiz ulush)

 

Astana – 610 million tenge

 

Qarag‘anda viloyati – 210 million tenge

 

Shuningdek, boshqa viloyatlarda ham folbinlik, horoskop tuzish, “negativ energiyani tozalash”, “taqdirni o‘zgartirish” kabi xizmatlarga talab oshgani qayd etilgan.

 

2023-yilda bu sohada atigi 40 million tenge atrofida xizmat ko‘rsatilgani hisobga olinsa, 2024-yildagi o'sish ijtimoiy va psixologik omillar bilan bog‘lanmoqda.

 

Ekspertlar fikriga ko‘ra, pandemiyadan keyingi ruhiy bosim, iqtisodiy noaniqlik, ish va oila muammolari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “ruhoniy xizmatlar”ning faol reklama qilinishi bu holatga turtki bo‘lgan.

 

Qozog‘iston huquqshunoslari esa bu sohani tartibga solish zarurligini ta’kidlamoqda. Ayni vaqtda folbinlar faoliyati litsenziyalanmagan, nazoratsiz bozor hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика