1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog`istonda kana chaqishi natijasida insonlarda o`lim holati kuzatilmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O`zbekistondagi vaziyat haqida ma`lumot berdi

Qozog`istonda kana chaqishi natijasida insonlarda o`lim holati kuzatilmoqda

 

Avvalroq Qozog‘istonda ikki kishi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 2023 yil boshidan buyon viloyat tibbiyot muassasalariga kana chaqishi bo‘yicha 600 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan.

 

O`zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasining xabar berishicha, respublika hududiga karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni chet davlatlardan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Respublika bo‘yicha bugungi kunda, kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida: davlat chegaralarini kesishish joylarida, halqaro aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida va Termiz daryo portida tashkil etilgan 51 ta sanitariya – karantin punktlari (SKP) faoliyat olib bormoqda.

 

QKGI (arbovirus qo‘zg‘atadigan, isitmalash, gemorragik alomatlar bilan kechadigan, tabiiy sharoitda transmissiv yo‘l bilan yuqadigan, tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli yuqumli kasallik) qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan kanalar mavjud hududlarni aniqlash va kanalarda zararlanish darajasini o‘rganish maqsadida veterinariya xizmati bilan hamkorlikda tabiiy o‘choqli hududlardan 1 000 donadan kana yig‘ib olinib, Virusologiya laboratoriyasida tahlildan o‘tkazilib, QKGI kasalligining kelgusi yil uchun bashorati, ma’muriy hududlar kesimida tayyorlandi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) 14 litr qon plazmasi zaxirasi yaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика