Qozog‘iston mol go‘shti eksportini vaqtincha cheklashni joriy etdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparovning taʼkidlashicha, choralar ichki bozorda go‘sht tanqisligi ва narxlarning keskin oshishining oldini olish maqsadida qabul qilindi deb xabar beradi Tengrinews.kz.
31 dekabrgacha amal qiladigan yangi qoidalar yangi, sovutilgan ва muzlatilgan mol go‘shtiga nisbatan qo‘llanadi. Umumiy eksport kvotasi 13 000 tonnani tashkil etadi ва u YEOII mamlakatlariga ham, uchinchi mamlakatlarga ham tatbiq etiladi.
Vazirlikning maʼlumotiga ko‘ra, choralar bozor raqobatiga taʼsir qilmaydi ва oligopoliya yaratishga qaratilmagan. Asosiy maqsad — mol go‘shti ishlab chiqarishning shaffof ва masʼuliyatli modelini yaratish hamda eksport vositachilarining faoliyatini tartibga solishdir. Bu vositachilar ilgari hayvonlarni semirtirmasdan qayta sotib, narxlarning asossiz oshishiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, fermerlar uchun davlat tomonidan subsidiyalar joriy etilgan. Mahalliy qoramol boshi uchun 260 ming tenge, MDH davlatlari ва Ukrainadan import qilingan qoramol uchun 390 ming tenge, Yevropa, Amerika ва Avstraliyadan keltirilgan qoramol uchun esa 525 ming tenge miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.


