Bu haqda Bosh davlat sanitariya vrachi Ayjan Yesmag‘ambetovaning havo tomchilari orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi eʼlon qilingan qarorida aytiladi.
"Viloyatlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Almati, Astana, Chimkent shaharlari, markaziy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslarga aholi gavjum joylarda (aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, bozorlar, savdo va ko‘ngilochar markazlar, savdo uylari, teatrlar, kinoteatrlar, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlari, banklar va boshqalar) va barcha transport turlarida (jamoat transporti, havo, temir yo‘l), tibbiy yoki matodan tikilgan niqoblardan foydalanishni tavsiya etish topshirildi", — deyiladi qaror matnida.
Mazkur qaror imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


