1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonda Onalar kuni va Otalar kuni bayram sifatida nishonlanadi

Qozog‘istonda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Onalar kuni va Otalar kuni mamlakatdagi bayramlar ro‘yxatiga kiritildi.

Qozog‘istonda Onalar kuni va Otalar kuni bayram sifatida nishonlanadi

 

Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan mamlakat miqyosida Onalar kuni va Otalar kuni nishonlanadi.

 

Qozog‘istonda bayramlar taqvimini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga yangi bayramlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha kiritildi. Hujjatni bosh vazir Alixan Smailov imzolagan.

 

"Oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, oila va taʼlim institutini mustahkamlash maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan ’Onalar kuni‘ va ’Otalar kuni‘ rasmiy bayramlari mamlakatimizda ham tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.

 

Qozog‘istonliklar Otalar kunini esa iyun oyining uchinchi yakshanbasida, Onalar kunini may oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlaydilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика