1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozogʻiston Konstitutsiyasining 80 foizdan ortigʻi qayta yozilmoqda

Yangi konstitutsiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo'lib, unda bir shaxsning ikki marta prezident bo‘lishi mutlaqo taqiqlanadi.

Qozogʻiston Konstitutsiyasining 80 foizdan ortigʻi qayta yozilmoqda

 

 

Qozog‘istonda Konstitutsiyaning yangi loyihasi rasman e’lon qilinib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Bu haqda Astana Times xabar bermoqda.

 

Hujjatga ko‘ra, mamlakat prezidenti lavozimiga faqat Qozog‘istonda tug‘ilgan, 40 yoshdan katta shaxs saylanishi mumkin va u bu lavozimni faqat bir marta — yetti yil muddatga egallaydi. Eng muhim jihati shundaki, ushbu qoida o‘zgarmas norma sifatida mustahkamlanmoqda.

 

Loyihaning 43-moddasida prezident umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yilga saylanishi belgilangan. Bir shaxsning ikki marta prezident bo‘lishi mutlaqo taqiqlanadi. Shuningdek, prezident saylovida birinchi turda 50 foizdan ortiq ovoz to‘plagan nomzod g‘olib deb topiladi, aks holda ikkinchi tur o‘tkaziladi.

 

Yangi loyiha prezident hokimiyatining oilaviylashuviga ham qat’iy cheklov kiritmoqda. Unga ko‘ra, davlat rahbarining yaqin qarindoshlari davlat xizmati va kvazidavlat sektori subyektlarida rahbar lavozimlarni egallashi mumkin emas. Prezidentning partiyaga a’zo bo‘lishi, deputatlik faoliyati yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ham taqiqlanadi.

 

Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar shaxsga bog‘liq hokimiyatdan voz kechib, institutlarni mustahkamlashga qaratilgan. Agar konstitutsiyaning yangi tahriri qabul qilinsa, amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham bu me’yor asosida qayta nomzod bo‘la olmaydi. Bu esa Qozog‘iston davlatchiligi uchun uzoq muddatli, tizimli va tarixiy ahamiyatga ega qadam sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика