Qozog‘istonda rus tilining huquqiy maqomini mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat Konstitutsiyaviy sudi raisi o‘rinbosari Nurmuhammed Nurmuxanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Konstitutsiya loyihasida rus tilidan foydalanishga oid norma qayta ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga muvofiq, rus tilidan davlat tili hisoblangan qozoq tili bilan bir qatorda foydalanish imkoniyati saqlab qolinadi.
Rasmiyga ko‘ra, ushbu o‘zgarish mamlakatdagi til siyosatini aniqroq belgilash va amaldagi til amaliyotini huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan.
Qozog‘istonda qozoq tili davlat tili hisoblanadi, rus tili esa amalda davlat organlari va jamoat hayotining turli sohalarida keng qo‘llanib kelmoqda.


