Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida joylashgan Temir shahrining hokimi Erkin Dalmagambetov vafot etdi. Bu haqdagi maʼlumotni viloyat politsiya boshqarmasi rasman tasdiqlagan.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, hodisa yuzasidan sudgacha bo‘lgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar voqeaning barcha holatlarini o‘rganayotganini maʼlum qildi, biroq tergov manfaatlarini ko‘zlab qo‘shimcha tafsilotlar ochiqlanmadi.
Marhumning jasadi 20 dekabr kuni kechki payt o‘z uyidan topilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, tergov yakuniga qadar hodisa bo‘yicha boshqa maʼlumotlar eʼlon qilinmaydi.
46 yoshli Erkin Dalmagambetov 2024 yil 3 iyundan buyon Temir shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan. U olti farzandning otasi bo‘lgan. So‘nggi yillarda Qozog‘istonda ayrim yuqori lavozimli mansabdorlar bilan bog‘liq shunga o‘xshash holatlar jamoatchilik eʼtiborini tortib kelmoqda.


