Qozog‘istonda suv resurslari kamayishi kuzatilmoqda. Bu haqda mamlakat suv resurslari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dosbol Bekmagambetov maʼlum qildi.
“Mahalliy va transchegaraviy oqimlarning qisqarishi hisobiga suv resurslari kamaygani kuzatilmoqda. Agar 200 yillarda ko‘p yillik daryo oqimining o‘rtacha hajmi 120 kub kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu 102 kub kilometrga tushgan. Bularning barchasi iqlim o‘zgarishi va antropogen omillar hisobiga ro‘y bergan”, – degan Bekmagambetov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2030 yilda 99.4 kub kilometrga tushib ketishi mumkin.
Avvalroq BMT oziq-ovqat yetishmovchiligining asosiy sababini maʼlum qilgandi.


