1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istondagi portlashda 16 kishi halok bo‘ldi

Bedarak yo‘qolgan 30 dan ortiq odam qidirilmoqda.

Qozog‘istondagi portlashda 16 kishi halok bo‘ldi

 

Kecha, tunda Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy Tengrinews nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, shaxtada 252 nafar konchi ishlayotgan bo‘lgan. Ulardan 205 nafari yer yuzasiga olib chiqilgan. Qutqarib olingan ishchilardan 18 nafari shifokor yordamini olgan bo‘lsa, hodisa joyidan yana 31 nafar bedarak yo‘qolgan konchi qidirilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash gaz sababli kelib chiqqan. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi holat yuzasidan mamlakat Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика