1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozog‘istondagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko‘tardi

Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qozog‘istondagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko‘tardi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi koloniyada mahkumlar tomonidan tartibsizlik uyushtirildi, uch kishi jarohatlandi.

 

Jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasi matbuot xizmatining izohlashishicha, baʼzi mahkumlar qamoqdagi saqlash rejimidan norozilik bildirishgan.

 

Tartibsizlikda ikki Milliy gvardiya askari va koloniya zobiti yengil tan jarohatlari olgan. Ayni paytda vaziyat barqarorlashgan.

 

Avvalroq Chimkentdagi koloniyalardan birida 37 yoshli mahbus to‘satdan vafot etgani xabar qilingan. Erkak bir oy oldin qamoqqa tushgan bo‘lgan. Qarindoshlari uning o‘limiga muassasa xodimlarining aloqadorligini aytishgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика