Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va ushbu davlatda bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi.
Joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Qozog‘iston Respublikasining barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida "Nelegal-2024" reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu reyd tadbirlari davomida Qozog‘iston hududida qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Ta’kidlash joiz, qonunbuzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda.
"Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.


