1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qozonda o‘zbekistonlik fuqaro 45 kun davomida izolyatorda ushlab turildi

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Qozonda o‘zbekistonlik fuqaro 45 kun davomida izolyatorda ushlab turildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosining “Qozondagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida 45 kundan beri saqlanayotgani” va Vataniga qaytishda yordam so‘ragani aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

 

O‘rganishlar natijasida, mazkur shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.A. (1983-yilda tug‘ilgan) ekani aniqlandi. Unga nisbatan 2025-yil 2-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi 1.1-qismi (“mamlakatda qolish rejimini buzish”) bo‘yicha ma’muriy choralar qo‘llanilgan va Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

Shuningdek, M.A. shu yilning 11-iyulida ham xuddi shu modda bo‘yicha javobgarlikka tortilgani aniqlangan. Fuqaroning xorijga chiqish pasportida Rossiya davlat chegarasidan o‘tish haqidagi muhrlarning qalbakilashtirilganlik belgilari mavjud bo‘lgani uchun hujjat ekspertizaga yuborilgan.

 

2025-yil 2-sentabr kuni Saratov viloyati Ichki migratsiya bo‘limi mazkur fuqaro uchun O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirish yuzasidan Bosh konsulxonaga so‘rovnoma taqdim etgan. So‘rov Konsulxona tomonidan tezkor ravishda ijobiy hal qilingan. Hozirda Saratov viloyati ichki migratsiya idorasi vakilining Qozon shahriga xizmat safari amalga oshirilishi kutilmoqda.

 

Qozon shahridagi Bosh konsulxona mazkur masalani o‘z nazoratiga olgan va barcha zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика