Qrimda poligondagi yong‘in tufayli Tavrida trassasi to‘sib qo‘yildi. Gubernator to‘rtta aholi punkti evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi
Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov yarimorolning 19-iyul kuni ertalab Kirovskiy tumanidagi o‘q-dorilar omborida yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Yong‘in munosabati bilan Tavrida shossesi bo‘ylab transport harakati to‘sib qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Aksyonov yong‘in sodir bo‘lgan ombor yaqinida joylashgan to‘rtta aholi punkti aholisi evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. Qrim maʼmuriyati rahbarining soʻzlariga koʻra, ikki mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.
Mash Telegram-kanalining yozishicha, yong‘in o‘q-dorilar omborida boshlangan. Mahalliy aholiga ko'ra, oxirgi ikki soat davomida poligondan besh kilometr radiusda portlash ovozini eshitmoqda.
Yong‘inga nima sabab bo‘lganini mahalliy hokimiyat ma’lum qilmayapti.


