21-iyun kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbida joylashgan hududda Quddus kuchlari tarkibidagi yuqori martabali falastinlik harbiy – “190-diviziya” qo‘mondoni Behnam Shahriyarini nishonga olib, yo‘q qildi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (IDF - SAXAL) rasmiy bayonotida ma’lum qilindi. Shahriyari mintaqadagi Eronparast guruhlar – XAMAS, Hizbulloh va Hutilarga qurol-yarog‘ yetkazib berishda asosiy shaxs bo‘lgani aytilmoqda.
IDF xabariga ko‘ra, Shahriyari Livan va Turkiyadagi aloqalari orqali shirkatlar, valyuta almashtiruvchilar va kurerlar yordamida bu guruhlarga moliyaviy oqimlarni ham yo‘naltirib kelgan.
Shuningdek, Qum shahrida o‘tkazilgan "spot operatsiya" davomida yana bir qo‘mondon – Quddus kuchlari vakili Said Izodiy ham halok bo‘ldi. Isroil mudofaa vaziri Isroil Katzga ko‘ra, u 2023-yil 7-oktabr voqealaridan oldin XAMASni moliyalashtirish va qurollantirish bilan shug‘ullangan.


