1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Quramax Medikal” MCHJ rahbari 20 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

“Quramax Medikal” MCHJ rahbari 20 yil ozodlikdan mahrum qilindi

 

Toshkent shahar sudida “Dok-1 maks ishi” bilan bog‘liq yakuniy sud majlisi davom etmoqda.

 

Sud majlisiga raislik qiluvchi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov o‘qib eshittirgan sud qaroriga ko‘ra, “Quramax Medikal” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lib ishlagan hindistonlik S.R.P.ga uzil-kesil o‘tash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur ish doirasida 23 nafar mas’ul sud oldida javob berdi. Chunki, shu kabi shaxslarning mas’uliyatsizligi ortidan ushbu dori vositalarini iste’mol qilgan 86 nafar bola jabrlandi. Ulardan 68 nafari vafot etgan va 16 nafari og‘ir, 2 nafari yengil tan jarohati olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика