AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Behzod Mutalliyev 2023-yilning o‘tgan davrida qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosini nazorat tadbirlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, Prokuratura organlari tomonidan joriy yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi-dagi 1 863 ta "Yangi O‘zbekiston" massivlaridagi 685 ta va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 6 007 ta loyiha monitoringga olingan.
Aniqlanishicha, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 436 nafar masʼullar intizomiy va 1 245 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 2 050 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.
Shuningdek, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 215 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 5103 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Bundan tashqari, obyektlardagi qurilish ishlari sifati va ish hajmlarini to‘liq bajarilishi o‘rganilib, 1 856 ta holatda 32,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilganligi hamda 775 ta holatda 37,4 mlrd so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlandi.
Shundan, 1 444 ta holatda sifatsiz bajarilgan 19,9 mlrd so‘mlik hamda 616 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 16,6 mlrd so‘mlik ishlar bartaraf etildi.


