1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Hozirda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida ayol shaʼriy nikohidagi erini choynak bilan urib o‘ldirdi. Bu haqida “Millar” dasturida xabar berildi.

 

Holat 2024 yilning fevral oyida yuz bergan. Turmushi davomida er-xotin janjallashib qolgan. Ayol jahl ustida choynak bilan erining boshiga urgan. Shundan so‘ng o‘tkir tig‘li jism bilan unga o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda erkak voqea joyida vafot etgan.

 

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ayol jinoyatni aqli noraso holda sodir etgan. Uning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligi uchun jinoyat ishi tugatilgan.

 

Ayol ruhiy shifoxonaga yotqizilgan. Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика