1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rahmon qayerda?

So‘nggi 10 kun ichida biror marta ham davlat yig‘ilishlarida ishtirok etmagan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon haqida ijtimoiy tarmoqlarda uning vafot etgani haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Rahmon qayerda?

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Rahmon og‘ir xastalikdan vafot etgan. Shunday xabarlar tarqalgan vaqtda Xitoy samolyoti Dushanbega kelib qo‘ngan. Biroq samolyot nega kelgani haqida ma’lumot berilmadi. Ayrim manbalar esa Rahmon dam olish uchun Xitoyning Xaynan oroliga borganini aytgan. Ammo bu xabarlarga hukumat rasmiy munosabat bildirmadi. Ammo 14-fevral kuni Osiyo infratuzilma investitsiya banki rahbari Zou Jiayi bilan muzokaralar olib borgan.

 

15-fevral kuni esa Xitoy rahbari Si Jinpinni an’anaviy yangi yil bayrami bilan tabriklagan video murojaatini prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

 

     

 

G‘arb nashrlariga ko‘ra, avvallari prezident matbuot xizmati Rahmonning xorijiy davlat rahbarlariga yo‘llagan tabriklarini odatda yozma shaklda e’lon qilib kelgan. Video tabriklar esa kamdan-kam berilgan. Shu sabab ko‘pchilik yangi videomurojaatni Rahmon sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etishga qaratilgan qadam sifatida baholamoqda.

 

Hozir 74 yoshga kirgan Emomali Rahmon 1992-yildan buyon Tojikistonni boshqarib kelmoqda.

 

Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, agar Tojikiston prezidenti vaqtincha yoki doimiy ravishda o‘z vazifasini bajara olmasa, davlat rahbarligi Milliy Majlis raisiga o‘tadi. Hozir bu lavozimni Rahmonning o‘g‘li — Rustam Emomaliga tegishli.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика