1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rahmonning “Tolibon” haqidagi fikrlari ijobiy emas

U toliblarni inklyuziv hukumat tuzilishiga qarshilik qilishda aybladi.

Rahmonning “Tolibon” haqidagi fikrlari ijobiy emas

 

Afg‘onistondagi vaziyat og‘irlashib boraveradi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon maʼlum qildi.

 

“O‘tgan davr mobaynida “Tolibon” harakati rahbariyati dunyo hamjamiyati va Afg‘oniston aholisiga o‘z hokimiyati qonuniyligi, mamlakatdagi vaziyatni nazorat qila olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qila olish salohiyatini ko‘rsatib bera olmadi”, – degan Tojikiston yetakchisi.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, toliblar barcha siyosiy va etnik kuchlarning keng ishtiroki bo‘lgan hukumat tuzishga qarshilik qilmoqda.

 

Rahmonning fikricha, Afg‘onistondagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, balki butun Yevroosiyo qitʼasidagi geosiyosiy muvozanatning o‘zgarishiga olib keladi.

 

Avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasiga to‘xtalib o‘tgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика