1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Raisiy: Eron O‘zbekistonning dengizga chiqishi uchun yanada ko‘proq yordam berishga tayyor

Eron prezidenti Toshkent bilan transport-logistika masalasidagi hamkorlik haqida gapirdi.

Raisiy: Eron O‘zbekistonning dengizga chiqishi uchun yanada ko‘proq yordam berishga tayyor

 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy O‘zbekistonning dengizga chiqishi uchun borada imkon qadar ko‘proq yordam berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u “O‘zA” ga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

 

“Biz O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk davrdan boshlab Eron temir, avtomobil va dengiz yo‘li tarmog‘i, xususan, Bandar Abbos va Chobahor portlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar savdo-iqtisodiy maqsadda foydalanishi, O‘zbekiston va boshqa davlatlar tovarlarini tashishi uchun tayyorligini bildirgandik. Ikki davlat Ashxobod bitimi, Eron, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi uch tomonlama bitim, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti hamda ikki tomonlama bitim va kelishuvlar doirasida ayni yo‘nalishdagi hamkorlikning huquqiy, konsullik va bojxona bilan bog‘liq shart-sharoitini yaratishga harakat qildi”, – degan Eron prezidenti.

 

Shuningdek, Raisiy Tehron qisqa vaqt ichida ko‘plab temiryo‘l infratuzilmasini yaratishni rejalashtirganini, o‘zbek biznes doiralari tashqi savdoda bundan foydalanishi mumkinligini taʼkidlagan. Bunda ayniqsa, Chobahor portiga investitsiya kiritish rag‘batlantirilishi qayd etilgan. Prezident rasmiy Toshkentni Chobahor bitimi va Shimol-janub yo‘lagiga qo‘shilishni taklif qilgan.

 

O‘z navbatida Raisiy O‘zbekiston temir va avtomobil yo‘llari eronlik tadbirkorlar boshqa davlatlarga chiqishi uchun qulay yo‘nalish ekaniga eʼtibor qaratgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика