AQSH Ukrainaga havo hujumiga qarshi zamonaviy tizimlarni yetkazib beradi. Bu haqda Jozef Bayden Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti davomida maʼlum qildi.
Ushbu muloqot Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yirik raketa zarbalari berishi ortidan tashkil etildi. AQSH yetakchisi raketa hujumlarini qoralagan va ularni maʼnosiz deb atagan.
"Prezident Bayden Ukrainaga o‘z mudofaasi uchun zarur yordamni, jumladan havo hujumiga qarshi zamonaviy tizimlarni berishga vaʼda berdi", — deyiladi Oq uy tarqatgan bayonotda.
Pentagon 16 sentyabrda bergan maʼlumotida Ukrainaga yaqin ikki oy ichida ikki dona NASAMS zenit-raketa tizimlarini yetkazib berilishini aytgandi.
Maʼlumot o‘rnida: Kecha Rossiya Ukrainaning qator shaharlariga raketa zarbalari berdi. Natijada mamlakatning katta qismida elektr yetishmovchiligi yuzaga keldi. Hujumlar oqibatida 11 ta muhim infratuzilma obyekti ishdan chiqqan. Moskva buni Qrim ko‘prigidagi portlashgajavoban amalga oshirganini taʼkidlagan.


