1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Raketalar yomg‘iri: Rossiya Ukrainaning turli viloyatlariga zarbalar berdi

Bu Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng yuz bermoqda.

Raketalar yomg‘iri: Rossiya Ukrainaning turli viloyatlariga zarbalar berdi

 

Rossiya Ukrainaning qator viloyatlariga raketa zarbalari berdi. Mahalliy OAVlar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari faol ishlayotganini aytgan.

 

Portlashlar Kiyev, Xmelniskiy, Lvov, Jitomir va Ternopol viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, Odessada ham raketalar portlagani to‘g‘risida maʼlumotlar bor.

 

Kiyev rahbari Vitaliy Klichko poytaxt markaziga zarbalar berilganini maʼlum qilgan. shaharga raketa zarbalari berilishda davom etmoqda.

 

Kiyev metrosida harakat to‘xtagan. Barcha yerosti stansiyalari bombapana vazifasini bajarmoqda.

 

Qayd etish lozimki, bunday yirik zarbalar shanba kuni Qrim ko‘prigidagi portlash fonida yuz bermoqda. Kecha Vladimir Putin bu hodisani terakt sifatida baholadi va uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turganini taʼkidladi.

 

Buning ortidan Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev kuchli javob choralari bilan tahdid qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика