1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi

Ajratilgan mablag‘lar ehtiyojmand oilalar, keksalar va nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi

 

 

Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mehr-muruvvat tadbirlarini amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali yana 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Shu tariqa, Ramazon oyidagi xayriya ishlari uchun jami 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

 

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi, nogironligi bor shaxslarning davolanishi va jarrohlik amaliyotlari xarajatlari qoplab beriladi. Ushbu choralar “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida amalga oshiriladigan kompleks dastur doirasida bajariladi.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari keksalar, yolg‘iz va ehtiyojmand fuqarolardan xabar olish, og‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarga amaliy yordam berish xalqimizning ezgu qadriyati ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarni turli zararli va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, ularni ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash muhim vazifa ekani qayd etildi.

 

Prezident har bir mahallada ehtiyojmand oilalarning aniq va shaffof ro‘yxatini shakllantirish, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, adolatli yetkazish zarurligini alohida ta’kidladi. Mas’ul idoralarga ushbu jarayon ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика