1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ramazonda masjidda o‘g‘irlik sodir etgan erkak qo‘lga olindi

U namozga kelgan fuqarolarning kiyimlari va mobil telefonlarini o‘g‘irlagan.

Ramazonda masjidda o‘g‘irlik sodir etgan erkak qo‘lga olindi

 

Joriy yilning 18-aprel kuni soat 21:00 larda P.Sh. ismli fuqaro Yakkasaroy tumanidagi “Usmon Bin Maʼzun” masjididan chiqib ketayotganda tuman IIO FMB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.  Aniqlanishicha, muqaddam sudlangan 47 yoshli erkak o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida ushbu masjidga kirib, uning tahoratxonasida 31 yoshli S.M., 20 yoshli R.Z. va 22 yoshli U.O‘.larga tegishli bo‘lgan kiyimlarni yashirin ravishda o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan.   

 

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-modda 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Tergov davomida, shuningdek, P.Sh. joriy yilning 15-mart kuni xam o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida “Usmon Bin Maʼzun” masjidining tahoratxonasida bo‘la turib, ushbu yerda bo‘lgan 26 yoshli S.Sh.ga tegishli narxi 4.000.000 so‘mlik “Samsung A51” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda egallagani aniqlangan. So‘ngra u mazkur telefon apparatini Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozoriga borib, 500.000 so‘m pulga o‘ziga nomaʼlum bo‘lgan shaxsga sotib yuborgan.

 

Hozirda P.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

 

Tergov davomida ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilib, yakuniga qo‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

 

Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика