Checheniston rahbari Ramzan Qodirov davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlagach, o‘zining xususiy harbiy kompaniyasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Checheniston rahbarining so'zlariga ko'ra, u xususiy harbiy kompaniya rahbari Vagner Yevgeniy Prigojin bilan “raqobat” qilmoqchi.
“Shubhasiz, bunday kasbiy tuzilmalar zarur. Shuning uchun davlat xizmatidagi ishimni tugatgandan so'ng qadrli birodarimiz Yevgeniy Prigojin bilan raqobatlashishni va xususiy harbiy kompaniya yaratishni jiddiy rejalashtirganman”, — deb yozgan Qodirov.


