Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Zelenskiyga televideniyeda yarim kunlik ish taklif qildi. Bu haqda u telegram kanalida ma’lum qildi.
“Zelenskiy qarshilikni to‘xtatib, tinchlik muzokaralari stoliga o‘tirish chaqirig‘imizga javob berishi bilanoq, biz unga shunday imkoniyat beramiz. Hatto ‘Grozniy’ telekanalida alohida shou tashkil qilishimiz ham mumkin”, deb yozgan Qodirov.
Shuningdek, Checheniston rahbari bu taklif vaqtincha amal qilishi va keyin kech bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.


