1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘liga “Checheniston qahramoni” unvoni berildi

Bu haqda Rossiya Davlat dumasining chechenistonlik deputati ma’lum qildi.

Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘liga “Checheniston qahramoni” unvoni berildi

 

Rossiya Davlat dumasining chechenistonlik deputati Odam Delimxanovning xabar berishicha, Ramzan Qodirovning o‘g‘li Odam Qodirovga "Checheniston qahramoni" unvoni berildi. 

 

Avvalroq, Odam Qodirov Qur’onni yoqqani uchun hibsga olingan Nikita Juravelni tergov izolyatorida kaltaklagandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qodirovning rafiqasi Medni Qodirovaga 13 farzand ko‘rgani uchun “Qahramon ona” unvonini topshirgan. 

 

Shuningdek, joriy yilning 4-sentabr kuni Putin Checheniston rahbarining 24 yoshli qizi Ayshat Qodirovani ham II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика