Chechenistonda Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li uylanishi munosabati bilan 4 mart kuni oila qurgan 100 ta juftlikka 100 ming rubldan pul mukofoti berildi. Shuningdek, ularning to‘y xarajatlari ham qoplab berilgan.
Bundan tashqari, Checheniston rahbarining o‘g‘li RF prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashgan. Qodirovning o‘zining so‘zlariga ko‘ra, “prezident yosh Ahmadga ko‘p maslahatlar bergan”. Uchrashuv yakunida esa uni yaqinlashib kelayotgan to‘y bilan tabriklagan.
“Afsuski, men bu qiziqarli uchrashuvning boshqa tafsilotlarini bilmayman, chunki anʼanalarimiz tufayli Ahmad bilan bu to‘g‘risida gaplashmadim”, – deb yozgan Qodirov.


