1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish bo'yicha ish qo'zg'atdi

Qo‘mita tomonidan asossiz oshirmaslik bo‘yicha bozor ishtirokchilariga profilaktik ogohlantirishlar yuborilgan edi.

Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish bo'yicha ish qo'zg'atdi

 

Metan gaziga nisbatan vaqtinchalik cheklovlar sharoitidan foydalanib, suyultirilgan gaz narxlarini oshirish holatlari kuzatilmoqda.

 

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2025-yil noyabr–dekabr oylarida bozorda yuzaga kelgan asossiz oshirmaslik bo‘yicha bozor ishtirokchilariga profilaktik ogohlantirishlar yuborilgan edi.

 

Shunga qaramay, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan adolatli bozor tamoyillariga zid ravishda narxlarni asossiz oshirishga qaratilgan manipulyatsiya va muvofiqlashtirilgan harakatlar alomatlari aniqlanmoqda.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda qonunbuzilish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atish jarayonlari boshlandi.

 

Bundan tashqari, birja savdolarida narxlarni barqarorlashtirish maqsadida “korreksiyalovchi” choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, bozor ishtirokchilariga mahsulotlarni birja savdolariga to‘liq hajmda va uzluksiz ravishda chiqarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика