1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini ogohlantirdi

Qo‘mita Ramazon oyiga arafasida ijtimoiy muhim oziq-ovqatlar narxini asossiz oshirmaslikka chaqirdi. Qayd etilishicha, davlat rahbari ichki bozorlar narx-navosining barqarorligini ta’minlash yuzasidan topshiriq bergan.

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini ogohlantirdi

Muborak oyga sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev Raqobat qo‘mitasiga bozorlar narx-navosining barqarorligini ta’minlashni buyurdi. Qo‘mita esa ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshirmaslikni so‘rab, yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini ogohlantirdi. Tadbirkorlar narxni o‘zgartiradigan omillar haqida qo‘mitaga xabar berishi kerak.

 

“Ramazon oyiga arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi,” deyiladi qo‘mita axborotida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика