1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rasman: Benzin oshdi, qolgan tovarlar-chi?

Baʼzi mahsulotlarning birjadagi narxi maʼlum qilindi.

Rasman: Benzin oshdi, qolgan tovarlar-chi?

 

AI–80 markali benzinning birjadagi narxi 2 foizga ko‘tarildi, paxta yog‘i, suyultirilgan gaz narxi pasaydi.

 

Joriy yil yanvar oyida sotuvchi korxonalar har kuni birja savdolariga o‘rtacha 4 307 tonna AI-80 markali benzinini qo‘yib kelishgan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 3 022 tonnagacha (30 foizga) pasayib ketgan. 

 

May oyida AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 208,9 ming so‘mdan 8 345,1 ming so‘mgacha, yaʼni 2 foizga ko‘tarilgan.

 

Birja savdolarida paxta yog‘ining bir tonnasi 18 051,4 ming so‘mdan 17 190,3 ming so‘mgacha, yaʼni 4,8 foizga pasaygan.

 

Birja savdolarida suyultirilgan gazning bir tonnasi uchun 5 551,7 ming so‘mdan 5 370,9 ming so‘mgacha, yaʼni 3,3 foizga tushgan.

 

Birja savdolarida paxta tolasining bir tonnasi uchun 36 858,0 ming so‘mdan 35 185,3 ming so‘mgacha, yaʼni 4,5 foizga pasaygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика