1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rasman: Moldova davlat tilini o'zgartirdi

Endi mamlakat qonunchiligiga, hatto konstitutsiyaga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

Rasman: Moldova davlat tilini o'zgartirdi

 

Moldova prezidenti Mayya Sandu rumin tilini respublikaning rasmiy tiliga aylantirish haqidagi qonunni imzoladi.

 

«Bugun men tarixiy adolatni tasdiqlovchi qonunni imzoladim: endi Moldovaning davlat tili rumin tili bo‘ladi», — deb yozdi Sandu o‘zining Facebook sahifasida.

 

Mamlakat rahbari moldovaliklar endi Yevropa Ittifoqining rasmiy tillaridan birida muloqot qilishlarini taʼkidladi. U rumin tilini «jamiyatni mustahkamlash uchun katalizator» vazifasini o‘tab berishiga ishonch bildirdi.

 

«Bizga o‘nlab yillar davomida Moldova fuqarolari, rumin tilida emas, Moldova tilida gaplashishi kerakligini aytgan. Bundan faqat birgina maqsad ko‘zlangan — xalqlarni ajratish. Yaʼni, bo‘lingan xalqni bo‘ysundirish va nazorat qilish maqsadi bo‘lgan.

Bizni bo‘lib yubormoqchi bo‘lganlar lingvistika haqida emas, qanday qilib Moldovani doimiy ravishda milliy qarama-qarshilikda ushlab turishni o‘ylaganlar», — dedi Sandu.

 

O‘tgan payshanba kuni mamlakat parlamenti 58 deputatning ovozi bilan davlat tili nomini Moldova tilidan rumin tiliga o‘zgartirishni maʼqullagandi. Garchi bu odatda referendumni talab qilsa ham endi mamlakat qonunchiligiga, hatto konstitutsiyaga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Ruminiya Yevropa Ittifoqiga aʼzo. Moldova esa 2022 yildan beri ittifoq aʼzoligiga nomzod davlatdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика