1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Rasman: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi

Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Rasman: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi

 

 

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berdi. MSK raisi O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

 

 

29-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni keyingi besh yilga O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran o‘z lavozimiga kirishadi.

 

 

Majlislar zaliga tantanali ravishda quyidagilar olib chiqilgani maʼlum qilindi:

 

— O‘zbekiston bayrog‘i;

— Prezident shtandarti;

— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

— Muqaddas Qurʼoni Karim;

— Prezidentlik belgisi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni alohida qayd etdi: “Jonajon Vatanimiz timsoli va mustaqilligimiz ramzi bo‘lgan davlat bayrog‘imiz, madhiyamiz va gerbimizga, menga topshirilgan Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘iga yuksak hurmat bajo keltiraman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishimni, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borayotgan siyosatimizning, yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilaman”.

 

 

 

 

 

 

 

Tadbirda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика