1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘ldi

U Rossiya futbol ittifoqi huzuridagi Ekspert-hakamlar komissiyasi aʼzosiga aylandi.

Ravshan Ermatov Rossiya futboli hakamlari eksperti bo‘ldi

 

O‘zbekistonlik sobiq futbol hakami Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi qoshidagi (RFI) Ekspert-hakamlar komissiyasining doimiy aʼzosi bo‘ldi. Bu haqda ittifoq matbuot xizmati xabar berdi.

 

45 yoshli mutaxassis faoliyati davomida 11 marta jahon chempionatiga hakamlik qilgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 2015 yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan. 2019 yilda esa rasman hakamlik faoliyatini yakunlagan.

 

Ravshan Ermatov hozirda O‘FA birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatyapti.

 

RFI qoshidagi Ekspert-hakamlar komissiyasi o‘yinlardagi hakamlik bilan bog‘liq bahsli holatlar, o‘yin natijasiga taʼsir qiladigan qarorlarni ko‘rib chiquvchi, baho beruvchi organ hisoblanadi.

 

Ravshan Ermatov komissiyasining amaldagi tarkibining to‘qqizinchi aʼzosi bo‘ldi. Ermatovdan tashqari komissiya tarkibiga RFI hakamlar bo‘limi boshlig‘i Pavel Kamansev, Sergey Zuyev, Aleksandr Gvardis, Nikolay Ivanov, Sergey Fursa, Nikolay Levnikov, Oleg Sokolov va Eduard Maliy ham kiritilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика